Kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan ta’minlash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?
Ushbu savolga AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova javo berdi:
➖ Joriy yilning 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyaning bayoniga asosan umumta’lim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, o‘qituvchi va xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularni gidroksixloroxin hamda sink preparati bilan bepul ta’minlash vazifasi berilgan.
Ushbu topshiriqni bajarish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi. Ushbu dori vositalari bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarining barcha o‘qituvchi va xodimlariga yetkazib berilishi boshlangan.