Kattaqo‘rg‘onda ham ulkan bayroq hilpiraydigan bo‘ldi
Kattaqo‘rg‘on shahrining eski shahar hududida 62 metr balandlikda, uzunligi 20 metr, eni 8 metr bo‘lgan mustaqilligimiz belgisi, davlatimiz bayrog‘i o‘rnatildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi, tashkilot va idoralar vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi M.Hoshimov yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 28 yilligi bayrami bilan qutlar ekan, davlatimiz bayrog‘ining xalqimiz sha’ni va g‘ururini ifoda etishdagi ahamiyati va uning ulug‘vorligi xususida so‘z yuritdi.
- Har birimiz Davlatimiz bayrog‘i, gerbimiz va madhiyamizni mustaqilligimizning ramzlari sifatida bilamiz, - deydi nabiralari bilan tadbirga tashrif buyurgan Zebo aya. - Bayrog‘imiz yuqoriga ko‘tarilgan sari yuragimda boshqacha hisni tuydum. Menimcha, bu his har birimizning qalbimiz tubida saqlanib turgan yurtga, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, mehr tuyg‘usidir.
Hilola ERGAShEVA.