Kattaqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilariga mototsikl sovg‘a qilindi

Prezidentimiz tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinadi. Sana munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida ham tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda tuman hokimi A.Bahromov qishloq xo‘jaligi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, bir guruh soha fidoyilariga, jumladan, “Juma Hayitov” fermer xo‘jaligi raisi Toshtemir Hayitov va Mirzo Ulug‘bek muqobil mashina traktor parki raisi Ibodilla Mardonovlarga mototsikl, tumanda yil davomida ilg‘or bo‘lgan 18 nafar MMTP raisi, 50 nafar fermer, 50 nafar terimchi, 20 nafar otryad rahbari, 30 nafar mexanizator, 25 nafar suvchi, 30 nafar pillakor va 10 ta hududga biriktirilgan vakillarga tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jahongir SAFAROV.