Keyingi 5 kunda Samarqanddagi tabiiy gaz ta’minoti bosimida vaqtinchalik pasayish kuzatiladi
Samarqand viloyatidagi aksariyat hududlarda markazlashgan issiqlik tizimi mavjud emasligi sababli aholi o‘z uylarini tabiiy gaz va elektr energiyasi manbalari orqali isitmoqda. Oxirgi kunlardagi qor yog‘ishi va havo haroratining keskin pasayishi aholi gaz iste’moli miqdorini keskin ko‘paytirdi. Buning oqibatida bir qator hududlarda tabiiy gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
Gaz bosimi pastligi tufayli viloyatdagi aholi xonadonlarini isitish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi va yuzaga kelgan holatni bartaraf etish bo‘yicha Samarqand viloyati uchun gaz magistral quvurlaridan qo‘shimcha ravishda tabiiy gaz olish bo‘yicha talabnoma berilgan.
Keyingi 5 kun - joriy yilning 14 yanvaridan 19 yanvarigacha viloyatdagi tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha uzilishlarni bartaraf etish rejalashtirilgan.
«Hududgaz Samarqand» MChJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzur so‘raydi.
«Hududgaz Samarqand» MChJ matbuot xizmati.