Koreyaga olib borishni va’da qilgan samarqandlik firibgar ustidan jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahrida firibgarlik jinoyati sodir etildi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Bektemir tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yilning mart oyida 52 yoshli samarqandlik Mirravshan X. TXAY ko‘chasida tanishi bo‘lgan 49 yoshli farg‘onalik Husniddin S.ga o‘g‘li va ikki nafar jiyanlarini Koreya Respublikasiga ishga yuborishga va’da qiladi. Evaziga Husniddin S.dan 1.500 AQSh dollari olgan. Ammo Mirravshan X. o‘z va’dasida turmasdan pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.