Koronavirus ko‘proq kimlarga va qayerda yuqish xavfi bor?
Birinchi o‘rinda — dorixonalarda ishlaydiganlar. Asosiy xavf shundaki, dorixonaga har xil toifadagi, sog‘ligida muammo bor odamlar tashrif buyuradi.
Ikkinchi o‘rinda — do‘konlar. Do‘konlarga borganda o‘zingizni xavfdan himoyalash uchun, albatta niqob taqishingiz, arava tutqichiga antiseptik vositalar bilan ishlov berish, o‘ralgan mahsulotlarni olish, imkon qadar qadoqlangan paketlarga kamroq qo‘l tekkizish zarur.
Uchinchi o‘rinda — avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari. Yoqilg‘i quyadigan pistoletni kuniga 10 dan ortiq odam ushlaydi.
To‘rtinchi o‘rinda — itlarni sayr qildirish joylari. Itlarni olib chiqishda odam tez-tez pod’yezd va eshik tutqichlarini ushlaydi. Bundan tashqari, itlar virusni oyoqlarida uyga tashishi mumkin.
Beshinchi o‘rinda — ko‘chaga chiqindi tashlashga chiqish. Bunda xavf nisbatan pastroq bo‘lsa-da, ayrim vaqt changda virus zarrachalari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda bugun AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.