Koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki qadoqlari ikki hafta ichida chiqariladi
Koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki qadoqlari ikki hafta ichida chiqariladi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
“Koronavirus infeksiyasiga qarshi dastlabki vaksina qadoqlari ikki hafta ichida chiqariladi”, - dedi Murashko jurnalistlarga.
Vazirlik rahbarining ma’lum qilishicha, dastlabki qadoqlar tayyor bo‘lishi bilan emlash amaliyoti boshlanadi.
Shu bilan birga Murashko, vaksina barpo etilgan platforma sinchkovlik bilan o‘rganilganini va u asosida tayyorlangan vaksina – eng xavfsiz yo‘l ekanini ma’lum qildi.
Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan vaksina haqida nimalar ma’lum
- Koronavirusga qarshi vaksina Gamalei nomidagi ilmiy tadqiqot markazida, bundan oldin olti nafar vaksina ishlab chiqarilgan ishonchli platforma asosida ishlab chiqilgan.
- Rossiya SSV uni emlash uchun qo‘llaniladigan eritma sifatida ro‘yxatga oldi.
- Klinik sinovlar natijasiga ko‘ra, vosita o‘zining samaradorligi va xavfsizligini isbotladi.
- Sinovda qatnashgan barcha ko‘ngillilar organizmida COVID-19 ga qarshi yuqori darajali anti tanachalar ishlab chiqarila boshlandi.
- Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, “ularning hech birida og‘ir asoratlar kuzatilmadi”.
- Qo‘llash mumkin bo‘lgan yosh, 18 yoshdan 60 yoshgacha etib belgilandi.
- Muolajadan so‘ng, koronavirusga qarshi immunitet ikki yilgacha saqlanib turadi (Rossiya SSV bayonoti).
- Emlash birinchi bo‘lib shifokor va o‘qituvchilarga qilinadi.
- Shifokorlarni emlash ishlari Rossiyada avgust-sentyabr oylarida boshlanadi.