Koronavirusning yangi shtammi «omikron»dan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin
Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning «Pirola» nomli yangi shtammi keng tarqalmoqda. Hozirgacha mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQShda ro‘yxatga olindi.
Xalqaro epidemiologlar hademay COVID-19 Yer yuzida yana kasallanishlar soni ortishiga sabab bo‘lishini prognoz qilmoqda. Chunki BA.2.86 deb atalgan yangi shtamm immun tizimining himoya reaksiyasiga chidamli va «omikron»dan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin.
«Pirola» ilk bor shu yilning yoz faslida aniqlangandi. Shundan so‘ng ba’zi mintaqalarda infeksiyani yuqtirish va o‘lim ko‘rsatkichlari birmuncha ko‘payishi qayd etildi.
(https://t.me/ssvmatbuotkotibi/13014)Natijada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti BA.2.86 ni yuqori yuquvchanlik xususiyati tufayli o‘z kuzatuvi ostidagi shtammlar qatoriga qo‘shdi.
Ayni paytda «Pirola» bemorlarda isitma, yo‘tal, holsizlik, ta’m va hid bilish qobiliyatining qisman yo‘qolishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lmoqda.