Mahalliy yo‘nalishdagi avtobuslar qatnovi uchun qanday talablar bor?
Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avtobuslar qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi quyidagicha:
➖ Barcha yo‘lovchilar avtovokzal va avtostansiyalar hududiga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi.
➖ Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi. Barcha yo‘lovchilar avtovokzal va avtostansiyalar hududiga hamda avtobus transportlariga bir martalik himoya niqoblarida kiritiladi.
➖ Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga avtovokzal va avtostansiya xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi.
➖ Yo‘lovchilar avtovokzal va avtostansiyalarda ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart.
➖ Avtovokzal va avtostansiyalar hududlarida yo‘lovchilarning (uchtadan ortiq) to‘planishlari qati’yan taqiqlanadi (oila a’zolari bundan mustasno).
➖ Avtovokzal va avtostansiyalarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarining faoliyat yuritishlari taqiqlanadi (karantin qoidalariga amal qilgan holda, oziq-ovqat do‘koni va dorixonalar faoliyati bundan mustasno).