Majburiy ijro byurosi direktori Samarqand viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Qudratxodjayev Botir Baxromovich Samarqand viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi.
Xususan, joriy yilning 17 aprel kuni Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi binosida - Samarqand shahri, Samarqand, Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulung‘ur, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun;
18 aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi drama teatri binosida - Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Pastdarg‘om, Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlari aholisi uchun sayyor qabullar o‘tkazadi.
Uchrashuvda Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etadi.
Tadbir davomida, aholining muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Ma’lumot uchun: Sayyor qabul soat 10:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.