Maktab o‘quvchisi 30 yoshli shaxs tomonidan "samosud" qilindi
- 20.05.2024 11:14
- 226
- Jinoyat va jazo
Past Darg‘omda bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda jabrlangan bola o‘z sinfida o‘qiydigan qiz bilan hazillashgani aytilgan. Shundan so‘ng, qizning akasi kelib, bolani maktabdan olib chiqib ketib sochini olgani, qoshini kuydirib "samosud" qilgani, o‘quvchining yelkasi singani, mahalla "uchastkovoy"i bu holatga chora ko‘rmayotgani aytilgandi.
Viloyat IIB axborot xizmati tarqatgan xabarda hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.