MIB: Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilaridan 44,1 milliard so‘m qarzdorlik undirildi

Narpay tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzganligi sababli Jinoyat kodeksining 185-moddasi 2-qismi bilan sudlangan.

Tadbirkor J.K.ning jinoyat ishi yuzasidan yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida suddan MIB tuman bo‘limiga 28 million 200 ming so‘m pullarni tuman elektr ta’minoti korxonasi foydasiga o‘tkazish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan ijro hujjati natijasida tuman elektr ta’minoti korxonasi foydasiga qarz summasining to‘liq o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Umuman, Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslaridan hosil bo‘lgan 44,1 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi. Shundan elektr energiyasi uchun 29,7 mlrd. so‘m, gaz ta’minoti uchun 14,4 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 1,1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, hozirda elektron onlayn savdolariga chiqarish choralari ko‘rilyapti.

Zafar Nizomov,
Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi bo‘lim katta inspektori.