Nega ba’zi to‘tiqushlar gapiradi, boshqalari esa gapira olmaydi?
Deyarli barcha to‘tiqushlar inson nutqiga taqlid qilishi mumkin, ammo kichik turlarining o‘rganish qulayligi, o‘rganilgan so‘zlar soni imkoniyati ancha past.
Bu ularning mutlaq kichkina miya hajmi bilan bog‘liq. Turlardagi individual farqlarga kelsak, ular birinchi navbatda qush o‘sgan sog‘lom muhitga bog‘liq. Yoshligidan qarindoshlaridan ajratilgan va faqat odamlar bilan muloqotda bo‘lgan to‘tiqushlarning so‘z o‘rganishi oson va muvaffaqiyatliroq kechadi. Muayyan bir qushning individual qobiliyatlari, xushmuomalaligi va boshqa ko‘p narsalar ham muhim.
Qushlar o‘rtasida so‘z boyligiga ega bo‘lgan misli ko‘rilmagan chempion Pak to‘tiqushining ajoyib qobiliyatlari hatto "Ginnesning rekordlar kitobi"da qayd etilgan: u 1728 ta inglizcha so‘z o‘rganib, mazmunli iboralar yasashni bilardi. Tegishli yozuv to‘tiqushning o‘limidan so‘ng 1995 yilda kiritilgan. Pak 1994 yilda vafot etgandi.
Bahora tayyorladi.