Nukuslik o‘qituvchi firibgarning Nigeriyadagi hisobiga 165 million so‘mni o‘tkazdi
- 23.12.2019 13:40
- 359
- Jinoyat va jazo

IIVning “Postda” gazetasi xabariga ko‘ra, Nukusdagi maktablarning birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi G.P. internet orqali unga nufuzli amerikalik kompaniyaga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan Mark Robert ismli shaxs bilan tanishgan.
Ishonuvchan fuqaro joriy yilning iyun-avgust oylarida go‘yoki hujjatlar, viza, borish va boshqa “xarajatlar”ni rasmiylashtirish uchun Nigeriyadagi hisob raqamiga 165 million so‘mdan ortiq pullarni o‘tkazib bergan. Ammo, firibgar o‘z va’dasini bajarmagan.
Hozirgi vaqtda jinoyatchini aniqlash va uni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Teglar:
firibgarlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 30 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat