Nurobodning obod qishloqlari ichimlik suvi bilan ta’minlandi
- 01.09.2019 10:46
- 128
- Samarqand
Nurobod tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosib kutib olindi. “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida tadbirlar tashkil etildi.
Ahamiyatlisi, bayram oldidan “Obod qishloq” dasturi asosida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilgan Navro‘z, Ulus va Halqobod mahallalarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3 ta suv inshooti foydalanishga topshirildi. Ulardan ikkitasi yangi qurilgan, bittasi esa rekonstruksiyadan chiqarilgan suv inshootlaridir. Ushbu suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1934,9 million so‘m mablag‘ sarflanib, hududdagi 10 ming nafardan ortiq aholi markazlashgan ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Teglar:
ichimlik suvi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 54 daqiqa avval
- Dolzarb