O‘lgan odam qirq besh daqiqadan keyin tirildi

AQShda shifokorlar yuragi to‘xtagan erkakni 45 daqiqadan so‘ng hayotga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Sette Times gazetasi.

Mayk Knapinski 7 noyabr kuni Maun-Renjir milliy parkining qorli tog‘iga sayohatga chiqqanida yo‘qolgandi. Qutqaruvchilar ikkinchi kuni uni behush holatda topishdi. 45 yoshli erkakni kechqurun Sietlidan Xarbarvyu tibbiy markaziga olib kelishdi. Bu yerda uning yuragi urishdan to‘xtadi. Shifokorlar unga sun’iy nafas olish va yurakni ishlashga yordam beruvchi apparatlarni ulashdi.

- U o‘lgandan keyin qayta tirildi, - deydi doktor Saman Arbobi. - Tibbiyot nuqtai nazaridan bunday deyish unchalik to‘g‘ri emas. Axir uning yuragi 45 daqiqa urishdan to‘xtagan edi. Bu mo‘’jiza intensiv terapiyada yangi imkoniyatlar ochdi.

T.ShOMURODOV tayyorladi.