Oqdaryo tumanida 136 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektda kamchiliklar aniqlandi

Oqdaryo tuman  hokimligi, tuman prokuraturasi, davlat soliq xizmati organlari va boshqa hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlari tomonidan tumandagi dehqon bozorlari va savdo majmualarida pasportlashtirish o‘tkazilmoqda.

“Oqdaryo savdo kompleksi” va “Oqdaryo dehqon bozor” MChJlar hududidagi 136 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati o‘rganilganda, bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, 14 ta hujjatsiz faoliyat yuritish, 80 ta nazorat kassa mashinasi hamda to‘lov terminali o‘rnatmaganligi, 26 ta faoliyat guvohnomasi mos kelmasligi, 85 ta ijara shartnomasi tuzilmaganligi va 47 ta norasmiy yollanma ishchilar ishlatish kabi holatlar aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan rasmiy ogohlantirish xatlari berilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, pasportlashtirish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan hech qanday ma’muriy va moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi, kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.