O‘qituvchilarga "avans" nega kam berildi? Xalq ta’limi bo‘limi holatga izoh berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining avans pullari oylik ish haqining 15-20 foizi miqdorida berilganligi (avans pullari oylik ish haqining 40 foizi miqdorida beriladi), bu kam mablag‘ning bayram oldidan yetishmasligi yuzasidan shikoyati e’lon qilindi.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi ushbu holatga munosabat bildirdi:

"Bu haqda shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning 19 dekabr kuni umumta’lim maktablari o‘qituvchi va xodimlarining oylik ish haqidan ma’lum qismi avans sifatida tarqatildi.

Kecha, 23 dekabr kuni ajratilgan mablag‘ning qolgan qismi ham tarqatildi.

Bugun, 24 dekabrda umumta’lim maktablari o‘qituvchi va xodimlariga avans to‘lovlari to‘liq to‘lab beriladi", deyilgan boshqarma izohida.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi yuzaga kelgan muammo uchun umumta’lim maktablari o‘qituvchi va xodimlaridan uzr so‘ragan.