O‘quvchilar darsdan qochsa, kimga chora ko‘riladi?

Maktabda o‘qituvchi dars mashg‘ulotiga vaqtida borsa, lekin sinfdagi o‘quvchilar darsdan qochib ketgan bo‘lsa, kimga qanday chora ko‘riladi?
Qiziq savol-a. Odatda bunday holatda ko‘pchilik pedagog xodimlar ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilish ehtimolidan xavfsirashadi.
Amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun ish beruvchi unga yetarlicha sharoit yaratib berishi lozim.
O‘quvchining dars jarayonlarida uzluksiz qatnashish majburiyati Xalq ta’limi vazirligining 2022 yildagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra ana shu o‘quvchi ota-onasining zimmasiga yuklatilgan. Ya’ni ota-ona o‘z bolasini dsrsdan qochganligi uchun javobgar.
Bunda tegishlicha maktab ma’muriyati tomonidan o‘sha qochib ketgan bolaning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki Milliy gvardiya psixolog-inspektoriga xabar berilib, shu o‘quvchi bilan tushuntirish ishlari olib borilishi lozim.
O‘qituvchining dars o‘ta olmay bekor turib qolishi uchun esa, Mehnat kodeksi 266-moddasi 2-qismiga muvofiq, uning ta’rif stavkasi (maoshi) ning kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.