O‘rmon yong‘inlari sabab San-Fransisko osmoni qizg‘ish tusga kirdi

AQShning harbiy sohili tarixda hali duch kelmagan yong‘inlar ko‘lami bilan to‘qnash keldi. Birgina, Kaliforniya shtatida yonayotgan o‘rmonlar maydoni 800 ming gektardan oshdi. San-Fransiskodagi holat Mars sayyorasi bilan taqqoslanmoqda.

O‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Oregon shtati aholisi 8 sentyabr kuni alanga va tutun oqibatida osmon qizg‘ish tusga kirganining guvohi bo‘ldilar. Shtat gubernatori Keyt Braun bu hodisani “bir avlod bir marta ko‘rishi mumkin bo‘lgan hodisa”, deb izohladi.

Oradan 24 soat o‘tganidan so‘ng shunga o‘xshash holat San-Fransisko, Los-Anjeles, Oklend va Kaliforniyaning boshqa yirik shaharlarida ko‘zatildi: osmon to‘q qizg‘ish rangga kirdi.

Havo sifatini nazorat qiluvchi mahalliy agentlik hodisani quyidagicha izohladi: “Bu o‘rmon yong‘inlari oqibatida tarqalayotgan tutun sababli sodir bo‘ldi. Kuchli shamol bir necha kun davomida bu yerga quyunlarni haydab keldi. Tutun zarralari ko‘k rangni tarqatib yuboradi va yerning sariq-qizg‘ish rangga kirishiga sabab bo‘ladi”.