Oshxona jihozlari tarixini bilasizmi?
Pichoq oshxona jihozlari ichida eng qadimgisi bo‘lib, u avval xanjar ko‘rinishida bo‘lgan. XVIII asr oxirida Napoleon I oshxona pichoqlarini haddan tashqari o‘tkir uchli qilib yasashni taqiqlagan va hozirgi - uchi o‘tmas pichoqlaridan foydalanish haqida buyruq bergan.
***
Birinchi likopchalar 1498 yilda Fransiyada paydo bo‘lgan. Ular uchburchak shaklida yasalgan. Undan oldin likopcha o‘rnida dumaloq taxtadan foydalanilgan.
***
Birinchi sochiq-salfetka Ispaniyada “ixtiro” qilingan. Keyinchalik 1461 yilda Fransiyada Karl VII ni taxtga o‘tirishi munosabati bilan tashkil etilgan bazmda joriy etilgan. Lyudovig XV davrida sochiq-salfetkalarni joy-joyiga qo‘yishi bilan butun bir mutaxassislar shtati shug‘ullangan. Ular bu san’atni egallash uchun bir yil o‘qishgan.
***
Birinchi sanchqi – vilka ham Fransiyada XVI asrda Genrix III davrida paydo bo‘lgan. U hozirgi zamon sanchqilariga kam o‘xshagan: dastasi kaltagina bo‘lib, atigi bir-ikkita “tish”i bo‘lgan.
Sanchqi Rossiyada XVII asr boshlarida paydo bo‘lib, u Polshadan keltirilgan. Undan birinchi Ljedmitriy I polyak magnatining qizi Marina Mnishek bilan nikoh to‘yida foydalangan. Ungacha faqat qoshiq rus “asbobi“ sanalgan.
Tayyorlovchi: T.Shomurodov.