Paxtachi tumani hokimi mahalla ahli muammo va takliflari bilan qiziqdi

Paxtachi tumani hokimi V.Rahimov tumandagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Tinchlik" va “Ko‘rpa” mahalla fuqarolari, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat jarayonida tuman hokimi mahallalardagi turmush sharoitlari, muammolar, odamlarning tadbirkorlik va tomorqa imkoniyatlari bilan shug‘ullanishlari ahvoli, takliflar haqida bahs-munozara yuritdi. Aholi fikrlariga quloq tutdi. Aholi duch kelayotgan kommunal xizmatlar - elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va yo‘l qurilishi kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, hokim mazkur ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar, olib borilayotgan mashg‘ulotlar bilan ham yaqindan tanishdi, o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashdi.

Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati.