Paxtachida bozor rahbari arzonlashtirilgan mahsulotlar tushumini o‘zlashtirib yuborgan
- 06.02.2023 14:59
- 259
- Samarqand

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan “Paxtachi dehqon bozori” MChJda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda MChJ rahbari G.A. va hisobchi V.N. arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida sotuvga qo‘yilgan 102,9 mln. so‘mlik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
Paxtachi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baxtmi yoki baxtsizlikmi?
- 47 daqiqa avval
- Mutolaa
Ota-onangizdan hech qachon uyalmang
- 53 daqiqa avval
- Jamiyat
Zarafshondagi suv ayirg‘ich – Shayboniylar davri yodgorligi
- 57 daqiqa avval
- Samarqand
Artur aka, patirnon va qo‘y go‘shti
- 58 daqiqa avval
- Mutolaa