Qo‘shma Shtatlar «Shimoliy oqim-2»ga «halokatli zarba» berishga qaror qildi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyati "Shimoliy oqim-2" (Boltiqbo‘yi orqali Rossiyadan Germaniyaga tortilayotgan magistral gaz quvuri. «Shimoliy oqim» gaz quvurining kengaytmasi. Quvur yo‘nalishi beshta mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonalari va hududiy suvlari orqali o‘tadi: Germaniya, Daniya, Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiya) loyihasiga qarshi yangi sanksiyalar paketini qabul qilmoqchi. Kutilayotgan bu cheklovlar to‘g‘risida Reuters ma’lum qildi.
Manbada aytilishicha, prezident ma’muriyati «Rossiya va Germaniya loyihasiga halokatli zarba berishi mumkin bo‘lgan» cheklov choralarining yangi paketini tayyorlamoqda. «Biz birin-ketin zarba berdik va endi ushbu loyihaning yuragiga qoziq urishga tayyormiz», dedi agentlik vakillaridan biri.
Avvalroq AQSh hukumatining yuqori lavozimli vakili Rossiyaning «Shimoliy oqim-2» loyihasini amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi va uni ishga tushirolmasligiga ishonch bildirgan edi. U ushbu quvur «hech qachon Rossiya gazini tashimaydi. Agar kompaniya loyihani tugatishga qodir bo‘lganda edi, buni bajarishardi» degan fikrni bildirdi.
2020 yil 11 dekabrda AQSh Senati "Shimoliy oqim-2"ga hamda "Turk oqimi" gaz quvuri tortilishiga qarshi yangi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan mudofaa byudjetini tasdiqladi. Bungacha AQSh Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan hujjat endi imzo uchun Amerika prezidentiga taqdim etilishi kerak.
"Shimoliy oqim-2" qurilishi o‘tgan yilning dekabrida AQSh sanksiya bilan quvur yotqizuvchilarning kattalariga tahdid qilgandan keyin to‘xtatilgan edi.