Qo‘shrabotning beshta qishlog‘i aholisi Saudiya krediti asosida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ mutaxassislari Qo‘shrabot tumanining Yangiqishloq, Yangi Hayot, Qorachoqiya, Tumshuqli, Urganji qishloqlarida Saudiya rivojlantirish fondining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ichimlik suvi o‘tkazish loyihalari bo‘yicha qilinayotgan ishlar sifatini nazoratdan o‘tkazdi.
Jamiyat mutasaddilari ishni sifatli bajarish, ichimlik suvi bilan ta’minlashda hududlardagi barcha aholini qamrab olish taklifini bildirdi.
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ rahbari K.Yusupov qishloq fuqarolari bilan uchrashib, yillar davomida ularni qiynab kelayotgan ichimlik suvi muammolarining tez kunlarda yechim topishi, dastur asosida bo‘layotgan ishlarning afzalliklari va mohiyati yuzasidan tushuncha berdi. Mazkur hududlarda yangi artezian quduqlari va suv minoralari qurilib, ichimlik suviga ehtiyojmand aholining talablari to‘la qondirilishi ko‘zda tutilganini ta’kidladi.
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ matbuot xizmati.