Quduqqa tushgan ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Toshkent viloyati Toshkent tumani, Bunyodkor mahallasi, Yangi zarbuloq ko‘chasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv uchun mo‘ljallangan, chuqurligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan quduqqa uning ichidagi yog‘ochlarni olib chiqish uchun tushgan.

Quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qolgan. Unga yordam berish uchun tushgan fuqaro B.U.ning ham sog‘lig‘i yomonlashgan.

Shu vaqt quduq ichidan yordam so‘rab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaro A.A.ning o‘g‘li qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida xushini yo‘qotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatdi.