Qurilayotgan 5 qavatli binoning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
FVV Qarshi shahrida yangi qurilayotgan binoda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning qulashi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida birlamchi ma’lumotni taqdim edi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 23 iyun kuni soat 21:30 da Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan.
Buning oqibatida 1 nafar ishchi-xodim voqea joyida vafot etgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy Gvardiya va Prokuratura organlarining hududiy boshqarmalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining kuch va vositalari yetib borishgan.
Ayni vaqtda holatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.