Respublika bo‘yicha 2019 yilning 3 oyida 90 ta qotillik sodir etilgan

Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazildi. Ushbu holat o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborildi. Sudga yuborilgan jinoyat ishlari o‘tgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.

2019 yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan. Bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha 2019 yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan (123) 33 taga yoki 26,9 foizga kamaygan. E’tiborli tomoni, sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda.