Rossiya Dumasi qonun qabul qildi: Putin 5-prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishi mumkin
- 25.03.2021 10:00
- 97
- Xorij
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi konstitutsiyaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish huquqini beruvchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Qaror kecha, 24 mart kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda qabul qilindi, deb yozadi “TASS”.
Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan cheklangan muddatda amaldagi davlat rahbarining sobiq prezidentlik davrlari hisobga olinmaydi. Bu esa Putinga yana ikki muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimini egallashga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz: Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2020 yil 3 iyulda oldingi prezidentlik muddatini bekor qiladigan va unga prezidentlikka yana nomzodini ko‘rsatishga imkon beradigan farmon imzolagan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa