Rossiya ommaviy emlashni qachondan boshlashini ma’lum qildi
- 17.08.2020 10:38
- 775
- COVID-19
Bu haqda N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi rahbari Aleksandr Ginsburgga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda. Unga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash taxminan bir oydan so‘ng, zarur miqdordagi vaksina ishlab chiqarilgandan keyin boshlanadi.
Avvalroq, u koronavirusga qarshi vaksinani III sinov bosqichi 7-10 kun ichida boshlanishi mumkinligini aytgan edi.
"Ommaviy emlash biroz kechikish bilan amalga oshiriladi, chunki ishlab chiqarilgan vaksinaning asosiy qismi ro‘yxatdan o‘tishdan keyingi tadqiqotlarga yuboriladi. Shundan so‘ng, qolgan mahsulotlar muomalaga kiritiladi”, deydi Gunsburg.
Bir kun oldin Rossiyada N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi. "Sputnik V" deya nomlangan ushbu vaksina 11 avgust kuni ro‘yxatga olingan.