Rossiya vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari ma’lum qilindi

Rossiya tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksinaning keng ko‘lamli sinovlari keyingi hafta boshlanadi. Bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlarda 40 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi.

"Sputnik V" vaksinasini ishlab chiquvchi Gamaley nomidagi Markaz undan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni e’lon qildi. Hujjatga ko‘ra, vositani qo‘llashdan keyin paydo bo‘ladigan asosiy yon ta’sirlar qatorida titroq, isitma, bosh og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi va limfa tugunlarining ko‘payishi bo‘lishi mumkin. Ba’zi bemorlarda allergik reaksiyalar rivojlanadi.

Yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va emizish davrida jiddiy allergik reaksiyalar, shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lganlarga vaksinadan foydalanish hozircha mumkin emas.

Mutaxassislarning aytishicha, vaksinaning har bir sinov naychasi QR kodi bilan jihozlangan. Ushbu vositani qo‘lga kiritgan har bir odam ma’lum bir dasturni yuklab olishi kerak bo‘ladi. Bu degani bemor haqidagi ma’lumot, uni vaksinadan foydalangani hamda boshqa ma’lumotlar tegishli idoralarda tahlil qilinadi.