Samarqandda bugun yana to‘qqiz nafar bemorlar sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 103 nafarga yetdi

Samarqand viloyatida 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (3 nafari Toyloq tumanidan, yana 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 2 nafari Payariq tumanidan va 1 nafari Samarqand shahridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2055 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.