Samarqand aeroportida ilk bor rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi
- 17.03.2023 16:05
- 136
- Samarqand
16 mart kuni Samarqand xalqaro aeroporti tarixida ilk aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 30 dan ortiq havaskor va professional fotosuratchilarni birlashtirgan tadbir yangi Samarqand aeroporti terminali ochilishining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.
Samarqandda o‘tkazilgan birinchi bunday tadbir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi — aviatsiya ixlosmandlariga tungi vaqtda “spotting” qilish va tongni maydonda kutib olish taklif qilindi. Soat 01:30 dan 11:30 ga qadar bir guruh spotterlar hudud bo‘ylab harakatlanib, temir qushlarning tungi parvozlari va qo‘nishlarini suratga olishdi, samolyotlarga xizmat ko‘rsatuvchi yer usti xizmatlari ishini kuzatdi.
Teglar:
“Samarqand” xalqaro aeroporti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa