Samarqand choy qadoqlash fabrikasi markazga 2 tonna choy yetkazib berdi

Poytaxtdagi Yagona muvofiqlashtiruvchi markazda ishlar "Aholimizning sog‘lig‘i va hayotining xavfsizligi biz uchun muhim" shiori ostida tashkil etildi.

Samarqand choy qadoqlash fabrikasi tomonidan markazga 2 tonnadan ortiq "Amir" choyi yetkazildi.

Markaz tomonidan kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz keksalarga manzilli yordam maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlanib, ko‘ngillilar yordamida murojaatlar bo‘yicha yetkazilmoqda.

Koll-markaz esa 1197 qisqa raqamlariga kelib tushayotgan navbatdagi murojaatlar asosida yangi ro‘yxat shakllantirib boradi.