Samarqand millionli shaharga aylansa, oddiy odamlar buning samarasini, o‘z hayotiga nafini sezadimi?

Bu savolga "albatta", degan shahar hokimi F.Umarov quyidagilarni gapirib berdi:

Shaharda infratuzilma rivojlanib, iqtisodiy o‘sish bo‘ladi-yu, bu oddiy odamlar hayotiga ta’sir qilmasligi mumkinmi?
Masalan, Samarqand shahrida Samarqand GESlar kaskadini (GES-2B) modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgani bu elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarning oldini olishda muhim rol o‘ynashi shubhasiz.

Qolaversa, 52 km. elektr tarmoqlari quriladi, 40 ta transformatorlar yangidan o‘rnatiladi, 82 km. gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlanadi, 120 ta yangi gaz taqsimlash qurilmalari o‘rnatiladi, 54,5 km. oqova suv tarmoqlari, 41,9 km. aloqa tarmoqlari yangidan quriladi.

Bundan tashqari, 118,8 km. ichki yo‘llar mukammal ta’mirlanadi va 85,4 km. ko‘chalarda yangidan yoritish tarmoqlari o‘rnatiladi.

Yoki 68 ta ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’yektlarini markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi markaziy qozonxonalarni modernizatsiya qilish ijobiy yangilik emasmi?

Shuningdek, 4 ta markazlashgan issiqlik tarmog‘idan uzoq masofadan joylashgan uy-joylarga lokal qozonxonalar yangidan qurish va mavjudlarini ta’mirlashchi?

Aholiga qulaylik haqida gap ketganda 60 ta shox va oraliq bekatlarni zamonaviy loyihalar asosida yangidan barpo etish hamda mavjudlarini ta’mirlash, 15 ta yo‘nalish bo‘yicha jamoa transport yo‘nalishlarini joylashtirish kabi vazifalarni ham aytib o‘tishimiz zarur.

Albatta, rejalashtirilgan ishlar ko‘lami aslida bundan ham ko‘p.