Samarqand shahri, Toyloq va Samarqand tumanida tabiiy gaz berilishi vaqtincha to‘xtatiladi

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 17 iyun kuni soat 8:00 dan 19:00 gacha Samarqand shahridagi "Kaftarxona-1", "Kaftarxona-2", Samarqand tumanidagi “Badal”, “Chumchuqli”, “Pulimug‘ob”, “Rajabamin”, “Qo‘shtamg‘ali”, “Jo‘yisoy”, “Qoziariq”, “Konigil” , Toyloq tumanidagi “ Vorsin”, “Madaniyat”, “Kunduzak”, mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilishini ma’lum qiladi.

Ushbu hududda yashovchi iste’molchilardan gaz jihozlarini o‘chirib qo‘yib, ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

"Tabiiy gaz ta’minotidagi uzilish tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Samarqand ” gaz ta’minoti filiali ma’muriyati tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi", deyiladi "Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabarida.