Samarqand shahridagi xonadonlardan birida 10 000 AQSh dollariga teng tilla taqinchoqlar o‘g‘irlandi

Voqea shu yilning 1 yanvar kuni sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasidagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro uyidan tilla taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilgani haqda IIBga ariza bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘ri kalit tanlash yo‘li bilan xonadon eshigini ochib kirgan. Bahosi 10 000 AQSh dollariga teng tilla taqinchoqlar va 300 ming so‘m pulni olib ketgan.

Samarqand shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘ri Samarqand tumani Qoziariq mahallasida yashovchi fuqaro ekani aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.