Samarqand tumanida viloyat sudlari raislari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha bevosita joylarda sayyor qabul qilish rejasi asosida viloyat sudlari raislari tomonidan Samarqand tumani Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida 28 ta murojaat ro‘yxatga olingan.

Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha 10 ta murojaat qabul qilinib, shundan 5 ta murojaatda ko‘tarilgan masala ijobiy hal qilingan. Shuningdek, 5 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.

O‘z navbatida, fuqarolik ishlari bo‘yicha 6 ta murojaat ro‘yxatga olingan. Shundan 1 tasi ijobiy hal qilinib, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha esa 11 ta murojaat ro‘yxatga olingan. Shundan 1 nafariga huquqiy tushuntirish berilib, 10 ta murojaatda qayd qilingan masala ijobiy hal qilingan. Xususan, ishlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 11-bandiga asosan tugatilgan va kodeksnig 33-moddasiga asosan sanksiya doirasida ko‘rsatilgan jazodan ham yengil jarima jazolari tayinlangan.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud raisi 1 ta murojaat qabul qilgan va murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish bergan.

Bundan tashqari, sayyor sudlar tashkil qilinib, 4 nafar shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilingan. Ma’muriy ishlar yuzasidan 10 nafar shaxslarga nisbatan ishlar tugatilgan hamda sanksiya doirasida ko‘rsatilgan jazodan ham yengil jarima jazolari tayinlangan.