Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 3 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi

Qabul kvotalari parametrlariga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus va Toshkent filiallari bilan birgalikda jami 2522 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi.

Shundan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha Nukus va Toshkent filiallari bilan birgalikda 1975 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha Toshkent filiali bilan birgalikda 475 nafar, magistratura bosqichiga esa 72 nafar talabaga o‘qishga kirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, 2020-2021 o‘quv yili uchun institutda 3 ta yangi ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi. Bular, iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida), buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida), texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida) yo‘nalishlaridir.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti axborot xizmati.