Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Nurullayev: «10 oyda Samarqandga 2,7 million sayyoh tashrif buyurdi. Ammo bu imkoniyatimiz darajasida emas»
- 30.11.2019 11:43
- 156
- Jamiyat
Ayni paytda Samarqand viloyat matbuot uyida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda B.Nurullayev joriy yilning 10 oyi davomida Samarqandga 2,7 million sayyoh tashrif buyurgani, ammo bu imkoniyatimiz darajasida emasligini e’tirof etdi. Shuningdek, hokim o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida jurnalistlarga ma’lumot bermoqda.
Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.
Teglar:
Matbuot anjumani