Samarqand viloyati Kengashining 56-sessiyasi 4 fevral kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2022 yil 28 yanvarda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq ellik oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.

 Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik oltinchi sessiyasi 2022 yil 4 fevral kuni soat 10:00 da chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan:

- viloyat sudi raisi O.Hayitovning viloyat sudining 2021 yil davomida viloyatda odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlari yuzasidan axboroti;

- viloyat ma’muriy sudi raisi T.Fayziyevning viloyat ma’muriy sudining 2021 yil davomida ko‘rib chiqilgan ma’muriy ishlarda odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlari yuzasidan axboroti;

- viloyat prokurori R.Masharipovning 2021 yilning II yarim yilligi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hamda viloyatda qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etishi holati yuzasidan hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6257-sonli Farmonining ijrosi bo‘yicha mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2021 yilda ajratilgan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning hisoboti to‘g‘risida;

- ijro nazorati guruhi rahbari Z.Rahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i  A.Zokirovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti;

- boshqa masalalar.