Samarqand viloyatida ichimlik suvi xizmatlari uchun maxsus ustama haq miqdorlari o‘zgardi
- 05.04.2019 10:28
- 188
- Samarqand

Bu haqda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning qarori 2019 yil 3 aprelda qabul qilindi.
Unga ko‘ra, viloyatda ichimlik suvi xizmatlari uchun maxsus ustama haq miqdori 50 so‘m metr/kub, kanalizatsiya xizmatlari uchun ham maxsus ustama haq miqdori 50 so‘m metr/kub etib belgilandi.
Ushbu miqdor bilan bog‘liq tartib va xarajatlarni qonunchilik asosida amaliyotga joriy etilishini ta’minlash uchun viloyat moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi zimmasiga zarur vazifalar yuklandi.
Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2017 yil 30 dekabrdagi “Samarqand viloyatida ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq to‘lash miqdorini belgilash to‘g‘risida”gi 771-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandliklar sha’niga dog‘ tushirayotgan dabdaba
- 58 daqiqa avval
- Jamiyat
Ellik kilo uni bor odam boy hisoblanardi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Murojaatchilar e’tirofidagi deputat
- Bugun, 14:35
- Jamiyat
Rossiya dronlari ilk bor NATO mamlakati hududida
- Bugun, 14:34
- Xorij