Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 5 nafarga yetdi

2020 yilning 13 aprel holatiga viloyatda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni yana ikki nafarga oshib, jami 5 nafarni tashkil etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, viloyatimizda ushbu infiksiyaga chalingan birinchi fuqaro va u bilan muloqotda bo‘lgan ikki nafar bemorlarning umumiy ahvoli yaxshi. Hozirda ular mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatiga viloyatimizda jami 2361 nafar fuqarolar karantin nazorati ostiga olingan. Shundan, 460 nafari statsionar sharoitidagi tibbiy kuzatuv ostida. Mutasaddilar tomonidan viloyatda epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.