Samarqandda 22 yoshli juvon 23 kunlik farzandini sotayotganda qo‘lga olindi
- 12.06.2020 20:15
- 715
- Jamiyat
Joriy yilning 3 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro 22 yoshli N.Yo. o‘zining 2020 yil 11 mayda tug‘ilgan 23 kunlik voyaga yetmagan chaqaloq farzandini qonunga xilof ravishda Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.ga 3.000.000 so‘mga sotishga kelishib, chaqalog‘ini sotib, ushbu kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi “Navoiy” jome masjidi yonida olgan vaqtida, o‘tgazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan N.Yo.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa