Samarqandda 85 nafar adashib qolgan voyaga yetmaganlar ota-onalariga yetkazilgan

Bugungi kunda 3 million 857 ming nafardan ko‘proq viloyat aholisining 1 million 357 ming ziyodrog‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tashkil etmoqda.

Joriy yilning o‘tgan faqatgina bir oyi davomida voyaga yetmaganlarni nazoratsizligi va qarovsizligiga barham berish, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tegishli idorlar bilan hamkorlikda bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, nazoratsiz va qarovsiz yurganligi uchun keltirilgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar olib borilib, ularning, 88 nafari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam  ko‘rsatish markazlariga, 3 nafari Chinoz tumanidagi 5-sonli maxsus maktabga joylashtirildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni nazoratsizligiga barham berish maqsadida, 107 nafari o‘qishga qaytarildi.

Nazoratsiz yurgan 74 nafar voyaga yetmaganlar qiziqishi bo‘yicha sport to‘garaklariga, 2 nafari kichik biznes shaxobchalariga jalb qilindi, 8 nafari “Barkamol avlod” markaziga joylashtirildi.

Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobda turgan 282 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida, har biriga yashash va o‘qish joylaridan jamoatchilik asosida murabbiylar, ta’lim muassasalarining psixologlari mas’ul etib biriktirildi.

Bozorlarda, internet klublarda, ayniqsa tungi vaqtlarda, ota-onasi yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash bo‘yicha щtkazilgan manzilli reydlar davomida 85 nafar adashib qolgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, ota-onalariga yetkazildi.

Bundan tashqari, farzandiga ta’lim tarbiya berish majburiyatlarini bajarmagan 49 nafar ota-onalarga va 28 nafar voyaga yetmaganlarga nisbatan, jami 77 nafar shaxslarga tegishli ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi.

Voyaga yetmaganlar nazoratsizligiga barham berish, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida, birinchi navbatda, ijtimoiy og‘ir ahvolda istiqomat qiluvchi oilalar va farzandi tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalar qaromog‘idagi voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga e’tibor qaratilmoqda.

Ikkinchidan, voyaga yetmaganlar orasida qasd-suqasd qilish holatlarini oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil voyaga yetmaganni ruhiyatini, muammolarini o‘rganib, shunga qarata profilaktik tadbirlarni tashkil etilyapti. Jinoyat sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarni o‘rganishda psixologlar imkoniyatidan foydalanilmoqda.