Samarqandda “Ajoyib Xitoy, rang-barang O‘zbekiston” madaniyat va turizm haftaligi boshlandi (foto)

Samarqand shahridagi Konfutsiy maydonida Xitoyning "Uxan Ouhe" tibbiyot kompaniyasi tomonidan tuhfa etilgan rangli yoritish moslamalarini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Veyli, elchixonaning ikkinchi kotibi Liu Yu ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga "Xitoy Ipak yo‘li" ko‘cha yoritkichlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazmada Xitoyning jahonga mashhur “TzigunXaytyan” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan yuzlab yorqin chiroqlar namoyish etildi.

Haftalik doirasida viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazida Xitoyning tibbiyot uskunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda tibbiy turizmni rivojlantirish uchun mahalliy klinikalar bilan hamkorlik o‘rnatish, yurak qon-tomir va qandli diabet kasalliklari bo‘yicha bepul tibbiy ko‘rik tashkil etish ham rejalashtirilgan.