Samarqandda firibgarlar ko‘paydimi?
- 24.04.2021 09:50
- 103
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati sudi va ma’muriy ishlar bo‘yicha viloyat hamda tumanlararo sudlarining joriy yil birinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, 2021 yil birinchi choragi davomida qasddan odam o‘ldirish bilan sudlanganlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 taga oshgan.
Shuningdek, haqorat qilish 8 taga, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati 5 taga, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish 11 taga, firibgarlik 46 taga, pora berish 19 taga ko‘paygan.
O‘z navbatida, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati sodir etganligi uchun sudlanganlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 taga, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishga oid ishlar 5 taga, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash 10 taga, talonchilik bilan bog‘liq ishlar 6 taga kamaygan.