Samarqandda maktab o‘qituvchisi “universitetga o‘qishga kiritish”ni va’da qilib pora olayotganda qo‘lga olindi
- 08.05.2020 20:05
- 524
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i nomiga 6 iyun kuni “N” ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, “X” ismli fuqaro o‘zini Samarqand davlat universiteti domlasi, deb tanishtirgani va undan universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6.000 AQSh dollari miqdorida pul so‘rayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, Samarqand shahar, Mirzo Bedil mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan X.I. tadbir ishtirokchisi “N” ismli fuqarodan va’da qilingan puldan 1.500 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Viloyat IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi.