Samarqandda mukofot oladigan hokim yo‘qmi?
Ayrim tumanlar hokimi hamda birinchi o‘rinbosarlari pul mukofoti oldi, ayrimlari esa jazo.
✅ Hukumatning tegishli farmoyishi (421-F, 17.09.2020 yil) bilan 2020 yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini ta’minlagani uchun quyidagi tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi:
👉 Andijon viloyatining Izboskan va Qo‘rg‘ontepa tumanlari;
👉 Buxoro viloyatining Romitan tumani;
👉 Namangan viloyatining Norin tumani;
👉 Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlari;
👉 Xorazm viloyatining Yangibozor tumani.
Ushbu tumanlar hokimlari 10 million so‘m miqdorida, ularning birinchi o‘rinbosarlari 8 million so‘m miqdorida pul mukofoti oladigan bo‘ldi. Mazkur rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
❗️ Shuningdek, mazkur farmoyish bilan 2020 yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’atlari ta’minlanmaganligi uchun quyidagi tumanlar hokimlari ogohlantirildi. Ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlariga esa hayfsan berildi:
👉 Buxoro viloyatining Buxoro va Jondor tumanlari;
👉 Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani;
👉 Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani;
👉 Samarqand viloyatining Bulung‘ur;
👉 Samarqand va Jomboy tumanlari;
👉 Toshkent viloyatining Chinoz va O‘rta Chirchiq tumanlari;
👉 Farg‘ona viloyatining Dang‘ara, Rishton va Yozyovon tumanlari.
‼️ 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida yuqoridagi ro‘yxatda qayd etilgan tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari faoliyatiga baho berish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi belgilandi.