Samarqandda qancha talaba ishlaydi?

Samarqand viloyati bandlik bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda oliy o‘quv yurtlari talabalarining 9 194 nafari o‘qishdan bo‘sh vaqtida qonuniy tartibda mehnat faoliyatini ham amalga oshiradi. Ularning 4806 nafarini yigitlar, 4388 nafarini xotin-qizlar tashkil etar ekan.

Bu rasman band bo‘lganlar. Lekin hech qayerda rasmiylashtirmasdan oshxona va restoranlarda ishlayotganlar yoki ustachilik, zarur bo‘lsa, hammollik qilib ham kunlik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan talabalar bor.

Mayli-da, mehnat qilishning, peshona teri bilan pul topishning aybi yo‘q. Ammo har qanday munosabat qonuniy bo‘lgani yaxshi. Aytib bo‘ladimi, ish jarayonida biror ko‘ngilsiz holat yuz bersa, haq-huquqni himoya qilish uchun shunday yo‘l tutilgani ma’qul. To‘g‘rimi?!